Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.
Alloh iymon keltirganlarni bu dunyo hayotida ham, oxiratda ham sobit so`z ila sobitqadam qilur. Alloh zolimlarni zalolatga ketkazur. Alloh xohlaganini qilur. (27)
Tafsir
Alloh moʻminlarni mustahkam tavhid kalimasi bilan shu dunyoda ham, barzax hayotidagi savob-javoblarda ham, Qiyomat kunida ham sobitqadam qiladi. Allohga kufr va shirk keltirish ila oʻzlariga oʻzlari zulm qilgan zolimlarni toʻgʻri yoʻldan adashtiradi. Alloh Oʻzi istagan ishni qiladi. Istasa, Oʻz adli ila adashtiradi, istasa, Oʻz fazli ila toʻgʻri yoʻlga soladi. U Zotni hech kim hech ishga majbur qila olmaydi.
Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin
📖 Siz izlayotgan bo‘lishi mumkin bo‘lgan o‘xshash sura nomlari: