Sura An-Nahl (Asalarilar — النحل) (Oyat 103)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




16 An-Nahl(النحل), Oyat 103

وَلَقَدْ نَعْلَمُ أَنَّهُمْ يَقُولُونَ إِنَّمَا يُعَلِّمُهُ بَشَرٌ ۗ لِسَانُ الَّذِي يُلْحِدُونَ إِلَيْهِ أَعْجَمِيٌّ وَهَٰذَا لِسَانٌ عَرَبِيٌّ مُبِينٌ 103 ١٠٣

Batahqiq, bilamizki, albatta, ular: «Unga faqat bashar ta'lim bermoqda, xolos», derlar. Ular gumon qilayotganning tili ajamiydir. Bu esa, ochiq-oydin arab tilidadir. (103)

Tafsir
Biz mushriklarning: "Muhammad alayhissalomga Quronni bir odam oʻrgatib turibdi", deyayotganlarini bilamiz. Ularning bu davolari puchdir, yolgʻondir. Chunki ular aytayotgan odamning tili ajamiydir, arabcha emasdir. Quron esa sof arab tilida nozil boʻlgan. Boz ustiga unda juda oliy, yetib boʻlmas balogʻat bor. Qanday qilib uni bir ajamiydan oʻrganishi mumkin?!

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin