Sura An-Nahl (Asalarilar — النحل) (Oyat 112)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




16 An-Nahl(النحل), Oyat 112

وَضَرَبَ اللَّهُ مَثَلًا قَرْيَةً كَانَتْ آمِنَةً مُطْمَئِنَّةً يَأْتِيهَا رِزْقُهَا رَغَدًا مِنْ كُلِّ مَكَانٍ فَكَفَرَتْ بِأَنْعُمِ اللَّهِ فَأَذَاقَهَا اللَّهُ لِبَاسَ الْجُوعِ وَالْخَوْفِ بِمَا كَانُوا يَصْنَعُونَ 112 ١١٢

Alloh bir shaharni zarbulmasal qiladi: u omonlik va xotirjamlikda edi. Rizqi har makondan serob holda kelib turardi. So`ng, u Allohning ne'matlariga kufr keltirdi. Bas, Alloh unga, qilgan ishlari uchun, ochlik va xavf kiyimini tottirdi. (112)

Tafsir
Alloh bir shaharni - Makkani misol qilib keltirdi. U tinch, xotirjam edi. Har tarafdan odamlar kelib, rizqi moʻl boʻlib turardi. Keyin uning aholisi Allohning nematlariga shukr qilmadilar, nonkoʻrlik qildilar. Natijada Alloh ularni kofirliklari va haqni tan olmaganlari tufayli ochlik va qattiq qoʻrquv bilan jazoladi. Qoʻrquvdan ozib ham ketdilar. Shu qadarki, ochlik va qoʻrquv ularga bir libosdek hamroh boʻlib qoldi.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin