Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.
Shanba, faqat, u to`g`risida ixtilof qilganlar zimmasiga yuklandi, xolos. Albatta, Robbing qiyomat kunida ular orasida ixtilof qilgan narsalari haqida hukm chiqarur. (124)
Tafsir
Shanbani ulugʻlash u haqda ixtilof qilgan yahudiylarga farz qilingan. Oldin Juma kuni ibodat qilishga buyurilgandilar. Buyruqni bajarmay, yoʻldan ozganlaridan keyin shanba kuni hamma ishlarini tashlab, faqat ibodat bilangina band boʻlishlari lozim boʻlgan. Ey Paygʻambar, albatta, Parvardigoringiz Qiyomat kuni oʻsha ixtilof qilganlar orasida hukm qiladi va har biriga oʻzining munosib jazo yoki mukofotini beradi.
Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin
📖 Siz izlayotgan bo‘lishi mumkin bo‘lgan o‘xshash sura nomlari: