Sura An-Nahl (Asalarilar — النحل) (Oyat 15)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




16 An-Nahl(النحل), Oyat 15

وَأَلْقَىٰ فِي الْأَرْضِ رَوَاسِيَ أَنْ تَمِيدَ بِكُمْ وَأَنْهَارًا وَسُبُلًا لَعَلَّكُمْ تَهْتَدُونَ 15 ١٥

U zot yer sizlarni tebratib yubormasligi uchun uning ustiga baland tog`larni tashlab qo`ydi. Anhorlaru yo`llarni ham. Shoyadki, to`g`ri yo`l topsangiz. (15)

Tafsir
Yer ustiga togʻlarni tashlab qoʻydi. Toki, ular yerni tebranishdan ushlab turadi. Daryolarni oqizib qoʻydi. Ulardan ichasizlar, hayvonlaringiz va ekinlaringizni sugʻorasizlar. Yoʻllarni barpo qildiki, ulardan yurib, koʻzlagan manzilingizga adashmasdan yetib olasiz.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin