Sura An-Nahl (Asalarilar — النحل) (Oyat 36)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




16 An-Nahl(النحل), Oyat 36

وَلَقَدْ بَعَثْنَا فِي كُلِّ أُمَّةٍ رَسُولًا أَنِ اعْبُدُوا اللَّهَ وَاجْتَنِبُوا الطَّاغُوتَ ۖ فَمِنْهُمْ مَنْ هَدَى اللَّهُ وَمِنْهُمْ مَنْ حَقَّتْ عَلَيْهِ الضَّلَالَةُ ۚ فَسِيرُوا فِي الْأَرْضِ فَانْظُرُوا كَيْفَ كَانَ عَاقِبَةُ الْمُكَذِّبِينَ 36 ٣٦

Batahqiq, Biz har bir ummatga: «Allohga ibodat qiling va tog`utdan chetlaning», deb Payg`ambar yuborganmiz. Bas, ulardan ba'zilarini Alloh hidoyat qildi. Ba'zilariga esa, zalolat haq bo`ldi. Bas, yer yuzida sayr qilib yurib, yolg`onga chaqiruvchilarning oqibati qanday bo`lganiga nazar soling. (36)

Tafsir
Biz har bir ummatga bir paygʻambar yubordik. Har bir paygʻambar oʻz ummatini yolgʻiz Allohga ibodat qilishga, butlar va shaytonlardan yuz oʻgirishga buyurdi. Ulardan kimlarigadir Alloh tavfiq berdi va ular iymon keltirib, paygʻambariga ergashdilar. Kimlaridir Allohga kufr keltirib, paygʻambariga osiylik qildi. Natijada Alloh unga tavfiq bermadi. Peshonasiga zalolat bitildi. Bas, yer yuzini kezib yuringlar. Haqni tan olmaganlarning oqibati nima boʻlganini, ular qanday azob va halokatga yoʻliqqanlarini oʻz koʻzingiz bilan koʻringlar.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin