Sura An-Nahl (Asalarilar — النحل) (Oyat 38)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




16 An-Nahl(النحل), Oyat 38

وَأَقْسَمُوا بِاللَّهِ جَهْدَ أَيْمَانِهِمْ ۙ لَا يَبْعَثُ اللَّهُ مَنْ يَمُوتُ ۚ بَلَىٰ وَعْدًا عَلَيْهِ حَقًّا وَلَٰكِنَّ أَكْثَرَ النَّاسِ لَا يَعْلَمُونَ 38 ٣٨

Ular jon-jahdlari bilan: «Alloh o`lganlarni qayta tiriltirmas», deb Alloh nomi ila qasam ichdilar. Yo`q! Bu, U zotning zimmasidagi haq va'dadir. Lekin odamlarning ko`plari bilmaslar. (38)

Tafsir
Anavi qayta tirilishni inkor qiluvchilar inkor qilishning oʻzi bilangina cheklanmasdan, "Alloh oʻlganlarni qayta tiriltirmaydi", deya takidlab-takidlab qasam ichadilar. Holbuki, ularda shunday deyishga hech bir hujjat yoʻq edi. Aslo! Yaqinda Alloh oʻlganlarni tiriltiradi. Bu U Zotning zimmasidagi haq vadadir. Lekin odamlarning koʻplari buni bilmaydilar.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin