Sura An-Nahl (Asalarilar — النحل) (Oyat 45)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




16 An-Nahl(النحل), Oyat 45

أَفَأَمِنَ الَّذِينَ مَكَرُوا السَّيِّئَاتِ أَنْ يَخْسِفَ اللَّهُ بِهِمُ الْأَرْضَ أَوْ يَأْتِيَهُمُ الْعَذَابُ مِنْ حَيْثُ لَا يَشْعُرُونَ 45 ٤٥

Makr ila yomonliklar qilganlar Alloh ularni yerga yutqazib yuborishidan yoki ularga kutmagan tomonlaridan azob kelib qolishidan xotirjam bo`ldilarmi?! (45)

Tafsir
Allohning yoʻlidan toʻsish uchun yovuz nayranglarni qilganlar Allohning amri ila ularni xuddi Qorundek yer yutib yuborishidan yoki ularga kutmagan taraflaridan azob kelishidan qoʻrqmay, xotirjam yuribdilarmi?

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin