Sura An-Nahl (Asalarilar — النحل) (Oyat 47)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




16 An-Nahl(النحل), Oyat 47

أَوْ يَأْخُذَهُمْ عَلَىٰ تَخَوُّفٍ فَإِنَّ رَبَّكُمْ لَرَءُوفٌ رَحِيمٌ 47 ٤٧

Yoki U zot ularni xavfsirab turgan hollarida olishidan ham (xotirjammilar)? Albatta, Robbingiz mehribon va rahimlidir. (47)

Tafsir
Yoki Allohning azobi qilgʻiliqni qilib qoʻyib, endi uning oqibatidan qoʻrqib turganlarida toʻsatdan kelib qolishidan qoʻrqmay xotirjam yuribdilarmi? Alloh ularni jazolashga har doim Qodir. Lekin Parvardigoringiz Mehribon Zot. Jazoni tezlashtirmaydi. Tavba qilib olishlariga, muhlat, imkon beradi.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin