Sura An-Nahl (Asalarilar — النحل) (Oyat 53)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




16 An-Nahl(النحل), Oyat 53

وَمَا بِكُمْ مِنْ نِعْمَةٍ فَمِنَ اللَّهِ ۖ ثُمَّ إِذَا مَسَّكُمُ الضُّرُّ فَإِلَيْهِ تَجْأَرُونَ 53 ٥٣

Sizda qaysiki ne'mat bo`lsa, Allohdandir. So`ngra, qachonki sizga yomonlik yetsa, Ungagina yolvorasiz. (53)

Tafsir
Ey odamlar, diniy boʻladimi, dunyoviy boʻladimi, sizlarda qaysi bir nemat boʻlsa, hammasi Allohdandir. Ustingizga biron ofat, kasallik yoki qashshoqlik kabi balo kelsa, mushkulingizga bir kushod soʻrab, yolgʻiz Ungagina iltijo qilasizlar. Sizlarga nematlarni ato etgan va mushkulingizga kushod bergan Zotgina mabudlikka loyiqdir.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin