Sura An-Nahl (Asalarilar — النحل) (Oyat 60)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




16 An-Nahl(النحل), Oyat 60

لِلَّذِينَ لَا يُؤْمِنُونَ بِالْآخِرَةِ مَثَلُ السَّوْءِ ۖ وَلِلَّهِ الْمَثَلُ الْأَعْلَىٰ ۚ وَهُوَ الْعَزِيزُ الْحَكِيمُ 60 ٦٠

Oxiratga iymon keltirmaydiganlarning misoli yomon misoldir. A'lo misol Allohnikidir. U Aziyz va Hakiymdir. (60)

Tafsir
Oxiratga iymon keltirmaydigan kofirlarning bolaga muhtojlik, jaholat, kufr kabi tuban sifatlari bor. Allohning esa ulugʻlik, kamol, behojatlik, ilm kabi oliyjanob sifatlari bor. Har qanday nuqsondan pok Alloh Oʻz mulkida gʻolibdirki, Uni hech bir kuch magʻlub etolmas. U har bir tadbirini, shariatini hikmat bilan qiladigan Hakim Zotdir.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin