Sura An-Nahl (Asalarilar — النحل) (Oyat 67)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




16 An-Nahl(النحل), Oyat 67

وَمِنْ ثَمَرَاتِ النَّخِيلِ وَالْأَعْنَابِ تَتَّخِذُونَ مِنْهُ سَكَرًا وَرِزْقًا حَسَنًا ۗ إِنَّ فِي ذَٰلِكَ لَآيَةً لِقَوْمٍ يَعْقِلُونَ 67 ٦٧

Va xurmo va uzumlarning mevalaridan mast qiluvchi narsa va go`zal rizq olursiz. Albatta, bunda aql yuritguvchilar uchun oyat — belgi bordir. (67)

Tafsir
Sizlar uchun xurmo va uzum mevalarida ham ibrat bor. Ulardan yaxshi narsa sanalmaydigan mast qiluvchi ichimlikni ham, xurmo qoqi, mayiz, sirka va shinni kabi yaxshi narsalarni ham olasizlar. Bu ishda aqlini ishlata biladigan odamlar uchun Allohning qudratiga dalolat qiluvchi hujjatlar bor. Aqlini ishlatadiganlargina ibrat oladilar.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin