Sura An-Nahl (Asalarilar — النحل) (Oyat 93)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




16 An-Nahl(النحل), Oyat 93

وَلَوْ شَاءَ اللَّهُ لَجَعَلَكُمْ أُمَّةً وَاحِدَةً وَلَٰكِنْ يُضِلُّ مَنْ يَشَاءُ وَيَهْدِي مَنْ يَشَاءُ ۚ وَلَتُسْأَلُنَّ عَمَّا كُنْتُمْ تَعْمَلُونَ 93 ٩٣

Agar Alloh xohlasa, sizlarni bir ummat qilar edi. Lekin xohlagan kimsani zalolatga ketkazadi va xohlagan kimsani hidoyat qiladir. Va, albatta, qilib yurgan amallaringizdan so`ralursiz. (93)

Tafsir
Agar Alloh xohlaganida hammangizni haq ustida birlashgan bir ummatga aylantirib qoʻygan boʻlardi. Lekin har qanday nuqsondan pok U Zot Oʻz adli ila istagan odamini haq yoʻldan ozdirib, ahdiga vafo qilmaydigan qilib qoʻyadi. Istagan odamiga Oʻz fazli ila tavfiq beradi. Qiyomat kuni shu dunyoda qilib oʻtgan amallaringizdan albatta soʻralursizlar.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin