Sura Isro (الإسراء) (Oyat 28)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




17 Isro(الإسراء), Oyat 28

وَإِمَّا تُعْرِضَنَّ عَنْهُمُ ابْتِغَاءَ رَحْمَةٍ مِنْ رَبِّكَ تَرْجُوهَا فَقُلْ لَهُمْ قَوْلًا مَيْسُورًا 28 ٢٨

Agar ulardan Robbingdan rahmat talab qilgan holda yuz o`giradigan bo`lsang, bas, ularga muloyim so`z aytgin. (28)

Tafsir
Alloh moʻl rizq berishini kutib, beradigan narsangiz yoʻqligi tufayli ularga ehson qilishdan tiyilib turadigan boʻlsangiz, qoʻlingizga mol-davlat kelib qolsa, berishni vada qilish yoki ularga Alloh moʻl rizq berishini soʻrab duo qilish kabi yaxshi, taskinbaxsh gaplarni ayting.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin