Sura Isro (الإسراء) (Oyat 52)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




17 Isro(الإسراء), Oyat 52

يَوْمَ يَدْعُوكُمْ فَتَسْتَجِيبُونَ بِحَمْدِهِ وَتَظُنُّونَ إِنْ لَبِثْتُمْ إِلَّا قَلِيلًا 52 ٥٢

U kunda Ul zot sizni chaqirur. Bas, siz Unga hamd ila javob berursiz va (dunyoda) faqat ozgina turganligingizni gumon qilursiz. (52)

Tafsir
Alloh sizlarni qayta tiriltirib, mahshargohga chaqirganida U Zotga boʻysunib, hamd aytib javob berasizlar. Oʻshanda yer yuzida juda oz muddat turganingiz haqida oʻylanib qolursizlar.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin