Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.
Sen: «Undan o`zga o`zingizcha gumon qilganlaringizni chaqiring. Bas, ular sizdan zararni kushoyish qila olishga yoki burib yuborishga molik emaslar», deb ayt. (56)
Tafsir
Ey Paygʻambar, anavi mushriklarga ayting: "Ey mushriklar, sizlar Allohdan boshqa ilohlar bor, deb davo qilyapsizlar. Sizlarga biron ziyon yetsa, oʻsha xudolaringiz uni arita olmaydi. Ular sizlarga foyda ham, zarar ham keltira olmaydilar. Zararni boshqa tarafga burib ham yubora olmaydilar. Chunki ular ojiz-notavonlardir. Ojiz-notavon esa iloh boʻla olmaydi".
Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin
📖 Siz izlayotgan bo‘lishi mumkin bo‘lgan o‘xshash sura nomlari: