Sura Isro (الإسراء) (Oyat 61)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




17 Isro(الإسراء), Oyat 61

وَإِذْ قُلْنَا لِلْمَلَائِكَةِ اسْجُدُوا لِآدَمَ فَسَجَدُوا إِلَّا إِبْلِيسَ قَالَ أَأَسْجُدُ لِمَنْ خَلَقْتَ طِينًا 61 ٦١

Farishtalarga: «Odamga sajda qilinglar!» deganimizda sajda qilganlarini, magar iblis qilmaganini, «Sen loydan yaratgan kimsaga sajda qilamanmi?» deganini esla. (61)

Tafsir
Ey Paygʻambar, eslang. Biz farishtalarga: "Odamga ibodat manosida emas, salom berish manosida sajda qilinglar" deganimizda hammalari farmonimizga itoat etib sajda qildilar. Faqat Iblis takabburlik qilib, sajda qilishdan bosh tortdi va dedi: "Sen loydan yaratgan jonzotga sajda qilamanmi?! Meni olovdan yaratgansan-ku. Men undan ulugʻroqman-ku!"

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin