Sura Al-Isra (Isro — الإسراء) (Oyat 97)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




17 Al-Isra(الإسراء), Oyat 97

وَمَنْ يَهْدِ اللَّهُ فَهُوَ الْمُهْتَدِ ۖ وَمَنْ يُضْلِلْ فَلَنْ تَجِدَ لَهُمْ أَوْلِيَاءَ مِنْ دُونِهِ ۖ وَنَحْشُرُهُمْ يَوْمَ الْقِيَامَةِ عَلَىٰ وُجُوهِهِمْ عُمْيًا وَبُكْمًا وَصُمًّا ۖ مَأْوَاهُمْ جَهَنَّمُ ۖ كُلَّمَا خَبَتْ زِدْنَاهُمْ سَعِيرًا 97 ٩٧

Alloh kimni hidoyat qilsa, o`sha hidoyat topguvchidir. U kimni adashtirsa, ularga Undan o`zga zinhor valiylar topa olmassan. Ularni qiyomat kuni yuztuban, ko`r, kar, soqov hollarida to`playmiz. Ularning turar joylari jahannamdir. U qachon sokin bo`lsa, ularga olovni ziyoda qilamiz. (97)

Tafsir
Alloh kimning hidoyat topishiga tavfiq bersa, oʻsha haqiqiy hidoyat topgandir. Kimga tavfiq bermasdan, adashtirib qoʻygan boʻlsa, ey Paygʻambar, uning uchun Allohdan boshqa uni haqqa yoʻnaltirib qoʻyadigan, undan zararni daf qiladigan, unga foyda keltiradigan biron doʻst topa olmassiz. Qiyomat kuni ularni yuztuban yiqilgan, koʻrmaydigan, gapirmaydigan, eshitmaydigan qilib yigʻamiz. Ularning borar joyi jahannamdir. Oʻti pasaygani sayin yana battar alangalatib turamiz.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin