Sura Al-Kahf (G‘or — الكهف) (Oyat 10)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




18 Al-Kahf(الكهف), Oyat 10

إِذْ أَوَى الْفِتْيَةُ إِلَى الْكَهْفِ فَقَالُوا رَبَّنَا آتِنَا مِنْ لَدُنْكَ رَحْمَةً وَهَيِّئْ لَنَا مِنْ أَمْرِنَا رَشَدًا 10 ١٠

Qachonki yigitlar kahfdan joy olganlarida: «Ey Robbimiz, bizga O`z huzuringdan rahmat bergin va ishimizni o`zing to`g`rilagin», dedilar. (10)

Tafsir
Ey Paygʻambar, eslang! Moʻmin yigitlar dinlarini himoya qilish uchun gʻordan panoh topib: "Parvardigoro, bizga Oʻzing tarafingdan bir rahmat ato etib, gunohlarimizni kechir va dushmanlarimizdan najot ber hamda shu hijratimizda bizni toʻgʻri yoʻlga solib qoʻy", deya duo qildilar.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin