Sura Al-Kahf (G‘or — الكهف) (Oyat 13)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




18 Al-Kahf(الكهف), Oyat 13

نَحْنُ نَقُصُّ عَلَيْكَ نَبَأَهُمْ بِالْحَقِّ ۚ إِنَّهُمْ فِتْيَةٌ آمَنُوا بِرَبِّهِمْ وَزِدْنَاهُمْ هُدًى 13 ١٣

Biz senga ularning xabarlarini haq ila qissa etib beramiz. Albatta, ular Robbilariga iymon keltirgan yigitlardir. Va Biz ularga yanada ziyoda hidoyat berdik. (13)

Tafsir
Ey Paygʻambar, Biz sizga ularning ahvoli haqida roʻy-rost qissa qilib beryapmiz. Biz aytayotgan qissaning haqligiga zarracha shubha yoʻq. Ular Parvardigorlariga iymon keltirgan, U Zotga itoat etgan yigitlardir va Biz ularga hidoyatni, haq ustida barqaror turishni ziyoda qildik.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin