Sura Al-Kahf (G‘or — الكهف) (Oyat 15)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




18 Al-Kahf(الكهف), Oyat 15

هَٰؤُلَاءِ قَوْمُنَا اتَّخَذُوا مِنْ دُونِهِ آلِهَةً ۖ لَوْلَا يَأْتُونَ عَلَيْهِمْ بِسُلْطَانٍ بَيِّنٍ ۖ فَمَنْ أَظْلَمُ مِمَّنِ افْتَرَىٰ عَلَى اللَّهِ كَذِبًا 15 ١٥

Ana u qavmimiz undan o`zga xudolar tutdilar. Ularga ravshan hujjatlar keltira olarmikanlar?! Allohga yolg`on uydirgandan ham zolimroq kim bor», dedilar. (15)

Tafsir
Keyin ular bir-birlariga alang-jalang qarashib: "Anavi qavmimiz Allohni qoʻyib, boshqalarni oʻzlariga iloh qilib oldilar, ularga ibodat qildilar, hobuki, ular bu ishlari uchun ochiq bir hujjatga ega emaslar, Alloh shaniga yolgʻon toʻqib, U Zotga shirk keltirgan kimsadan koʻra zolimroq odam yoʻq", dedilar.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin