Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.
Hali ular: «Uchtadirlar, itlari to`rtinchilaridir», derlar. Va: «Beshtadirlar, itlari oltinchilaridir», deb g`aybga tosh otadilar. Va: «Ettitadirlar, itlari sakkizinchilaridir» ham derlar. «Robbim ularning sanog`ini yaxshi bilguvchidir. Ularni juda oz kishi bilur», degin. Bas, ular haqida tortishib yurma. Tortishsang ham, ochiq tortish. Ular haqida hech kimdan fatvo ham so`rama. (22)
Tafsir
Ularning soni haqida bahsga kirishib ketganlar har xil gaplarni aytadilar. Kimlardir: "Uchta boʻlganlar, toʻrtinchilari itlari boʻlgan", desalar, boshqalar: "Beshta boʻlganlar, oltinchilari itlari boʻlgan", deydilar. Har ikki toifa ham aytgan gapini dalil, hujjatsiz, gumoniga tayanib aytgan. Yana ayrimlar: "Ular yettita boʻlganlar va sakkizinchilari itlari boʻlgan", deydilar. Ey Paygʻambar, ayting: "Ularning adadini Parvardigorim bilguvchiroq. Bu ishni juda kam sonli odamlargina biladilar. Ularning soni haqida ham, boshqa ahvollari haqida ham ahli kitoblar bilan ham, boshqalar bilan ham mujodala qilmang. Qilsangiz ham, yuzaki mujodala qiling. Chuqur ketmang. Oʻzingizga nozil boʻlgan vahiyni aytish bilangina cheklaning. Ularning tafsilotlarini hech kimdan soʻramang. Chunki ular bilmaydilar.
Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin
📖 Siz izlayotgan bo‘lishi mumkin bo‘lgan o‘xshash sura nomlari: