Sura Al-Kahf (G‘or — الكهف) (Oyat 56)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




18 Al-Kahf(الكهف), Oyat 56

وَمَا نُرْسِلُ الْمُرْسَلِينَ إِلَّا مُبَشِّرِينَ وَمُنْذِرِينَ ۚ وَيُجَادِلُ الَّذِينَ كَفَرُوا بِالْبَاطِلِ لِيُدْحِضُوا بِهِ الْحَقَّ ۖ وَاتَّخَذُوا آيَاتِي وَمَا أُنْذِرُوا هُزُوًا 56 ٥٦

Biz Payg`ambarlarni bashorat berguvchi va ogohlantirguvchi qilib yuborurmiz, xolos. Kufr keltirganlar esa, botil ila munozara qilib, u bilan haqni yengmoqchi bo`lurlar. Hamda Mening oyatlarimdan va o`zlari ogohlantirilgan narsadan istehzo qilurlar. (56)

Tafsir
Biz qaysi bir paygʻambarni yuborgan boʻlsak, u moʻmin-musulmonlarga xushxabar yetkazgan, osiy-kofirlarni esa ogohlantirgan. Bironta paygʻambarga ularning qalblarini oʻzgartira olish, hidoyat sari burib yuborish imkoni berilmagan. Allohga kufr keltirganlar dalillar har qancha ochiq-ravshan boʻlmasin, paygʻambarlar bilan tortishaverganlar, tortishaverganlar. Oʻzlarining botil hujjatlari bilan Muhammad alayhissalomga nozil qilingan haqni yengmoqchi boʻlganlar. Ular Quronni va ogohlantiruvni masxara qilib, ustidan kulganlar.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin