Sura Al-Kahf (G‘or — الكهف) (Oyat 57)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




18 Al-Kahf(الكهف), Oyat 57

وَمَنْ أَظْلَمُ مِمَّنْ ذُكِّرَ بِآيَاتِ رَبِّهِ فَأَعْرَضَ عَنْهَا وَنَسِيَ مَا قَدَّمَتْ يَدَاهُ ۚ إِنَّا جَعَلْنَا عَلَىٰ قُلُوبِهِمْ أَكِنَّةً أَنْ يَفْقَهُوهُ وَفِي آذَانِهِمْ وَقْرًا ۖ وَإِنْ تَدْعُهُمْ إِلَى الْهُدَىٰ فَلَنْ يَهْتَدُوا إِذًا أَبَدًا 57 ٥٧

Robbining oyatlari ila eslatilganda, ulardan yuz o`girib, o`zi qilgan(gunoh)larni unutgan kimsadan ham zolimroq odam bormi?! Albatta, Biz u(Qur'on)ni anglamasliklari uchun ularning dillariga pardalar va quloqlariga og`irlik qilib qo`ydik. Agar ularni hidoyatga chaqirsang ham, hargiz hidoyat topmaslar. (57)

Tafsir
Parvardigorining oyatlari eslatilib turganda ularga etibor bermagan, ulardan ibrat ola bilmagan, ulardagi nasihatlardan yuz oʻgirgan va shu dunyoda oʻz qoʻli bilan qilgan qilmishlarini, kufru isyonlarini unutgan, vaqtida tavba qilib ulgurmagan kimsadan ham zolimroq kim bor? Biz bunday kimsalarning qalblariga parda tutdik, quloqlarini ogʻir qilib qoʻydik. Endi ular Quronni anglamaydilar, unga quloq solmaydilar, koʻrsatmalariga amal qilmaydilar. Ularni iymonga chaqirsangiz, hech qachon hidoyat topmaydilar. Chunki ularning qalblari muhrlangan, quloqlari esa ogʻirdir.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin