Sura Kahf (G‘or — الكهف) (Oyat 74)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




18 Kahf(الكهف), Oyat 74

فَانْطَلَقَا حَتَّىٰ إِذَا لَقِيَا غُلَامًا فَقَتَلَهُ قَالَ أَقَتَلْتَ نَفْسًا زَكِيَّةً بِغَيْرِ نَفْسٍ لَقَدْ جِئْتَ شَيْئًا نُكْرًا 74 ٧٤

Bas, ular yurib ketdilar. To bir bolani uchratganida, uni o`ldirdi. U (Muso): «Birovni o`ldirmagan begunoh jonni o`ldirasanmi?! Juda munkar narsa qilding-ku?!» – dedi. (74)

Tafsir
Kemadan tushib, yana sohil boʻylab yoʻlga tushdilar. Balogʻatga yetmagan bir bolaning boshqa bolalar bilan oʻynab yurganini koʻrdilar. Xizr uni oʻldirib qoʻydi. Shunda Muso unga dedi: "Hali balogʻatga yetmagan bir begunoh bolani oʻldirding-ku. Sen juda yomon ish qilding".

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin