Sura Maryam (مريم) (Oyat 58)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




19 Maryam(مريم), Oyat 58

أُولَٰئِكَ الَّذِينَ أَنْعَمَ اللَّهُ عَلَيْهِمْ مِنَ النَّبِيِّينَ مِنْ ذُرِّيَّةِ آدَمَ وَمِمَّنْ حَمَلْنَا مَعَ نُوحٍ وَمِنْ ذُرِّيَّةِ إِبْرَاهِيمَ وَإِسْرَائِيلَ وَمِمَّنْ هَدَيْنَا وَاجْتَبَيْنَا ۚ إِذَا تُتْلَىٰ عَلَيْهِمْ آيَاتُ الرَّحْمَٰنِ خَرُّوا سُجَّدًا وَبُكِيًّا ۩ 58 ٥٨

Ana o`shalar, Alloh ne'mat bergan zotlar Payg`ambarlardan, Odam zurriyotidan, Nuh bilan birga (kemada) ko`targanlarimizdan, Ibrohim va Isroilning zurriyotidan, o`zimiz hidoyat qilgan va tanlab olganlardandir. Ularga Rohmanning oyati tilovat qilinsa, yig`lab sajdaga yiqilardilar. (58)

Tafsir
Shu surada aytib oʻtilgan Zakariyo alayhissalomdan tortib, to Idris alayhissalomgacha boʻlgan paygʻambarlarga Alloh paygʻambarlikni inom etdi. Ular Odam alayhissalomning bolalari, kemada najot topgan Nuh alayhissalomning bolalari, Ibrohim, Yaqub alayhimassalomning bolalari hamda Biz Islom sari hidoyat berib qoʻygan va paygʻambarlar qilib saylagan zotlar edi. Ular qachon Allohning oyatlarini eshitsalar, yigʻlab, sajda qilib yiqilar edilar.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin