Sura Al-Baqarah (Sigir — البقرة) (Oyat 110)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




2 Al-Baqarah(البقرة), Oyat 110

وَأَقِيمُوا الصَّلَاةَ وَآتُوا الزَّكَاةَ ۚ وَمَا تُقَدِّمُوا لِأَنْفُسِكُمْ مِنْ خَيْرٍ تَجِدُوهُ عِنْدَ اللَّهِ ۗ إِنَّ اللَّهَ بِمَا تَعْمَلُونَ بَصِيرٌ 110 ١١٠

Namozni qoim qiling, zakot bering, o`zingiz uchun qilgan yaxshiliklarni Allohning huzurida toparsiz. Albatta, Alloh qilayotganingizni ko`ruvchidir. (110)

Tafsir
Namozni hamma ruknlari, vojiblari va sunnatlari ila toʻkis ado eting. Mol-mulkingizdan haqdorlarga zakotini bering. Hayotlik paytingizda qancha yaxshi amal qilib qolsangiz, uning savobini Qiyomat kunida Parvardigoringiz huzurida topasiz va mukofotini olasiz. Alloh hamma qilgan ishlaringizni koʻrib turguvchidir va hammaga qilgan amaliga yarasha jazo yoki mukofot berar.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin