Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.
Yahudiylar: «Nasroniylar arzimas narsadadirlar», dedilar. Nasroniylar: «Yahudiylar arzimas narsadadirlar», dedilar. Va holbuki, ular kitob tilovat qilurlar. Shuningdek, bilmaydigan kimsalar ham ularning gapiga o`xshash gap aytdilar. Bas, qiyomat kuni oralarida Alloh ular ixtilof qilgan narsa haqida hakamlik qiladir. (113)
Tafsir
Yahudiylar nasroniylarning dini toʻgʻri emas, dedilar. Nasroniylar esa yahudiylarning dini toʻgʻri emas, dedilar. Holbuki, har ikkisi ham ular inkor etayotgan ish toʻgʻri ekanini, beistisno hamma paygʻambarlarga birdek iymon keltirish haqida buyruq kelganini oʻzlarining kitoblarida oʻqigan edilar. Ularning bu ishlari hamma paygʻambarlarni ham, ularga nozil qilingan kitoblarni ham yolgʻon deydigan bilimsiz mushriklarning gapiga oʻxshaydi. Shuning uchun Alloh qiyomat kuni bu tortishayotganlar oʻrtasida Oʻzining adolatli hukmini chiqaradi. Bu adolat haqida Alloh xabar berib qoʻygan, yani, najot, Alloh taolo nozil qilgan narsalarning beistisno hammasiga iymon keltirishdadir.
Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin
📖 Siz izlayotgan bo‘lishi mumkin bo‘lgan o‘xshash sura nomlari: