Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.
Bilmaydigan kimsalar: «Alloh biz bilan gaplashsa edi yoki mo`'jiza kelsa edi», deyishdi. Ulardan oldingilar ham ularning so`ziga o`xshash gapirgan edilar. Qalblari o`xshash bo`ldi. Batahqiq, Biz yaxshi biluvchi qavmlarga mo`'jizalarni bayon qilganmiz. (118)
Tafsir
Bilimsiz ahli kitob va mushriklar sarkashlik bilan haqdan yuz oʻgirib: "Nega endi Allohning Oʻzi biz bilan bevosita gaplashmaydi yoki biz his eta oladigan belgilarni yubormaydi", deydilar. Ularning gaplari oldingi paygʻambarlarini tan olmagan xalqlarning gaplariga oʻxshaydi. Zamon va makonlari boshqa-boshqa boʻlsa ham kufr, sarkashlik, haddan oshish bobida hammasining dillari bir xil. Haq boʻy koʻrsatgan paytida uni tan oladigan, shubha-gumonlarga bormasdan iymon keltiradigan odam uchun oyat-alomatlarni aniq-ravshan qilib qoʻydik.
Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin
📖 Siz izlayotgan bo‘lishi mumkin bo‘lgan o‘xshash sura nomlari: