Sura Al-Baqarah (Sigir — البقرة) (Oyat 120)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




2 Al-Baqarah(البقرة), Oyat 120

وَلَنْ تَرْضَىٰ عَنْكَ الْيَهُودُ وَلَا النَّصَارَىٰ حَتَّىٰ تَتَّبِعَ مِلَّتَهُمْ ۗ قُلْ إِنَّ هُدَى اللَّهِ هُوَ الْهُدَىٰ ۗ وَلَئِنِ اتَّبَعْتَ أَهْوَاءَهُمْ بَعْدَ الَّذِي جَاءَكَ مِنَ الْعِلْمِ ۙ مَا لَكَ مِنَ اللَّهِ مِنْ وَلِيٍّ وَلَا نَصِيرٍ 120 ١٢٠

Sendan yahudiylar ham, nasroniylar ham ularning millatiga ergashmaguningcha hech-hech rozi bo`lmaslar. «Albatta, Allohning hidoyati haqiqiy hidoyatdir», deb ayt. Agar senga kelgan ilmdan keyin ham ularning havoyi nafslariga ergashsang, seni Allohdan (qutqaruvchi) do`st ham, yordamchi ham yo`qdir. (120)

Tafsir
Alloh taolo Oʻzining paygʻambarini ogohlantirib shunday xitob qilyapti: "Yahudiy va nasroniylar to Islomni tark qilib, oʻshalarning botil yoʻllarini tutmaguningizcha sizdan rozi boʻlishmaydi. Siz ularga: "Allohning kitobi va ochiqlamalarigina chin hidoyatdir, sizlarning yoʻlingiz esa botildir", deb ayting. Sizlarga ochiq-oydin haqiqat kelganidan keyin ham oʻzingiz yoki tobelaringizdan biri ularga ergashadigan boʻlsa, hargiz Alloh tarafidan biror madadga, qoʻllovga noil boʻla olmassizlar". Bu xitob bilan haqdan voz kechib botil ahliga yaqinlashish, naqadar xatarli ekaniga urgʻu berilyapti.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin