Sura Al-Baqarah (Sigir — البقرة) (Oyat 124)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




2 Al-Baqarah(البقرة), Oyat 124

وَإِذِ ابْتَلَىٰ إِبْرَاهِيمَ رَبُّهُ بِكَلِمَاتٍ فَأَتَمَّهُنَّ ۖ قَالَ إِنِّي جَاعِلُكَ لِلنَّاسِ إِمَامًا ۖ قَالَ وَمِنْ ذُرِّيَّتِي ۖ قَالَ لَا يَنَالُ عَهْدِي الظَّالِمِينَ 124 ١٢٤

Ibrohimni Robbisi kalimalar ila sinab ko`rganda, u ularni batamom ado etganini esla! U zot: «Men, albatta, seni odamlarga imom qilmoqchiman» – dedi. U: «Zurriyotimdan hammi?» – dedi. U zot: «Zolimlar ahdimga hech qachon erisha olmaslar», – dedi. (124)

Tafsir
Eslang! Alloh Ibrohim alayhissalomni imtihon qilish uchun vazifalar bergandi va u kishi berilgan vazifalarni mukammal tarzda ado etgandi. Shunda Alloh u kishiga: "Men seni odamlarga namuna qilaman, hamma sening axloqing va ishlaringdan oʻrnak oladigan boʻladi", dedi. Ibrohim alayhissalom: "Pavardigoro, zurriyotimdan ham odamlarga oʻrnak boʻladigan bir namuna qilgin", deb duo qildi. Bunga javoban Alloh: "Rahbar-namuna qilish borasidagi ahdimga zurriyotingdan zolimlari erisha olmaydi", dedi.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin