Sura Al-Baqarah (Sigir — البقرة) (Oyat 137)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




2 Al-Baqarah(البقرة), Oyat 137

فَإِنْ آمَنُوا بِمِثْلِ مَا آمَنْتُمْ بِهِ فَقَدِ اهْتَدَوْا ۖ وَإِنْ تَوَلَّوْا فَإِنَّمَا هُمْ فِي شِقَاقٍ ۖ فَسَيَكْفِيكَهُمُ اللَّهُ ۚ وَهُوَ السَّمِيعُ الْعَلِيمُ 137 ١٣٧

Agar siz iymon keltirganga o`xshash iymon keltirsalar, batahqiq, hidoyat toparlar. Va agar yuz o`girsalar, bas, albatta, ular xilofdan boshqa narsada bo`lmaslar. Alloh senga ular (yomonligi)dan kifoya qilur. Va U eshituvchi, biluvchi Zotdir. (137)

Tafsir
Yahudlar, nasorolar va boshqa kofirlar sizlarga oʻxshab iymon keltirsalar, Alloh rozi boʻladigan toʻgʻri yoʻlga hidoyatlanadilar. Iymon keltirishdan yuz oʻgirsalar, hamma paygʻambarlarni yoki ayrimlarini yolgʻonchiga chiqarsalar, demak, ularning ichida gina-adovat bor. Ey Muhammad alayhissalom, siz xafa boʻlmang. Ularning ozorlaridan himoya qilishga, ularga qarshi sizga yordam berishga siz uchun Allohning Oʻzi yetarlidir. Alloh ularning gap-soʻzlarini eshitib turadigan, niyatlariyu amallaridan xabardor Zotdir.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin