Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.
Har kimning yuzlanadigan tarafi bor. U o`shanga boqadir. Yaxshiliklarga shoshiling. Qayerda bo`lsangiz ham, Alloh sizlarni jamlaydir. Albatta, Alloh har bir narsaga qodirdir. (148)
Tafsir
Oʻtgan ummatlardan har birining hissiy boʻlsin, manaviy boʻlsin, oʻz yuzlanadigan jihati bor. Qibla borasida ham, Allohning shariati borasida ham ummatlarning ixtilofi shular jumlasidandir. Modomiki, Allohning buyrugʻi va shariati bilan boʻlayotgan ekan, jihatlarning xilma-xilligi zarar qilmaydi. Shunday ekan, ey moʻminlar, boʻyningizga yuklatilgan vazifalar boʻlmish yaxshiliklarni qilishga shoshilavering. Qayerda boʻlsangiz ham Alloh qiyomat kunida hammangizni bir joyga toʻplaydi va amallaringizga yarasha jazo yoki mukofot beradi. Alloh har ishga qodirdir. Sizlarni toʻplash va jazolash yoki mukofotlash U Zot uchun ogʻir ish emas.
Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin
📖 Siz izlayotgan bo‘lishi mumkin bo‘lgan o‘xshash sura nomlari: