Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.
Va qayerdan chiqsang ham, yuzingni Masjidul Harom tomon bur. Qayerda bo`lsangiz ham, yuzingizni u tomonga buring. Odamlarda sizga qarshi hujjat bo`lmasligi uchun. Ulardan zulm qilganlaridan qo`rqmanglar, Mendan qo`rqinglar. Va sizga ne'matimni batamom etish uchun, shoyadki, hidoyat topsangiz. (150)
Tafsir
Ey Paygʻambar, namoz oʻqish uchun qaysi tarafdan chiqib kelsangiz ham Masjidul-harom tarafga yuzlaning. Ey moʻminlar, namoz oʻqimoqchi boʻlgan paytingizda sizlar ham yuzingizni Kaba tarafga buringlar. Toki, odamlarda sizlarga qarshi biron hujjat qolmasin. Faqat zolim kimsalar sarkashligida davom etib, sizlarga qarshi eng zaif hujjatni ham keltiraveradilar. Ulardan emas, Parvardigoringizdan qoʻrqinglar - buyruqlarini bajaringlar va taqiqlaridan tiyilinglar. Zero, Alloh sizlarga Oʻz nematini toʻla qilib berish, sizlarni boshqa ummatlardan ajratib olish va eng ulugʻ qiblaga hidoyat qilib qoʻyish uchun Kaba tarafga yuzlanishni shariatlashtirdi.
Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin
📖 Siz izlayotgan bo‘lishi mumkin bo‘lgan o‘xshash sura nomlari: