Sura Al-Baqarah (Sigir — البقرة) (Oyat 151)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




2 Al-Baqarah(البقرة), Oyat 151

كَمَا أَرْسَلْنَا فِيكُمْ رَسُولًا مِنْكُمْ يَتْلُو عَلَيْكُمْ آيَاتِنَا وَيُزَكِّيكُمْ وَيُعَلِّمُكُمُ الْكِتَابَ وَالْحِكْمَةَ وَيُعَلِّمُكُمْ مَا لَمْ تَكُونُوا تَعْلَمُونَ 151 ١٥١

Shuningdek, ichingizga o`zingizdan, sizlarga oyatlarimizni tilovat qiladigan, sizlarni poklaydigan, sizlarga kitobni, hikmatni va bilmaydigan narsalaringizni o`rgatadigan Payg`ambar yubordik. (151)

Tafsir
Shuningdek, sizlarga yana bir nematni ham ato etdik. Yani, sizlarga oʻzlaringizdan bir paygʻambar yubordik. U sizlarga oyatlarimizni oʻqib beradi. Sizlarni yaxshi, ezgu ishlarga buyurib va yovuzlik, razillikdan qaytarib, qalbinglarni poklaydi. Sizlarga Quronni va Sunnatni oʻrgatadi. Diniy boʻlsin, dunyoviy boʻlsin, bilmagan ishlaringizda talim beradi.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin