Sura Al-Baqarah (Sigir — البقرة) (Oyat 158)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




2 Al-Baqarah(البقرة), Oyat 158

إِنَّ الصَّفَا وَالْمَرْوَةَ مِنْ شَعَائِرِ اللَّهِ ۖ فَمَنْ حَجَّ الْبَيْتَ أَوِ اعْتَمَرَ فَلَا جُنَاحَ عَلَيْهِ أَنْ يَطَّوَّفَ بِهِمَا ۚ وَمَنْ تَطَوَّعَ خَيْرًا فَإِنَّ اللَّهَ شَاكِرٌ عَلِيمٌ 158 ١٥٨

Albatta, Safo va Marva Allohning (dinining) belgilaridandir. Kim Baytullohni haj yoki umra qilsa, ikkovlari o`rtasida sa'yi qilish gunoh emas. Kim yaxshilikni xolisona qilsa, bas, albatta, Alloh Shakur(oz amal uchun ko`p savob beruvchi) va biluvchidir. (158)

Tafsir
Kaba yaqinidagi ikki mashhur Safo va Marva togʻlari shariatning zohiriy belgilaridan. Haj va umra ibodatiga borganlar ular orasida say (harakat, yani, yurish yoki yengil yugurish) qiladilar. Bu amal Islomdan oldin johiliyatda ham boʻlgani uchun sahobalar uni qilishga ikkilanganlar. Oyatdagi uni qilgan odamga gunoh yoʻq, deyilishi shundan. Alloh taolo bu amalning haj ibodatlaridan ekanini bayon qildi. Endi kim oʻz ixtiyori bilan ixlos qilib, mustahab (qilsa savob, qilmasa gunoh yoʻq) amallarni qilsa, Alloh uning savobini koʻp qilib beradi, amalini qabul qiladi va mukofotlaydi. Alloh yaxshi amal qilganni ham, savobga kim loyiqligini ham biladigan Zotdir.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin