Sura Al-Baqarah (Sigir — البقرة) (Oyat 164)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




2 Al-Baqarah(البقرة), Oyat 164

إِنَّ فِي خَلْقِ السَّمَاوَاتِ وَالْأَرْضِ وَاخْتِلَافِ اللَّيْلِ وَالنَّهَارِ وَالْفُلْكِ الَّتِي تَجْرِي فِي الْبَحْرِ بِمَا يَنْفَعُ النَّاسَ وَمَا أَنْزَلَ اللَّهُ مِنَ السَّمَاءِ مِنْ مَاءٍ فَأَحْيَا بِهِ الْأَرْضَ بَعْدَ مَوْتِهَا وَبَثَّ فِيهَا مِنْ كُلِّ دَابَّةٍ وَتَصْرِيفِ الرِّيَاحِ وَالسَّحَابِ الْمُسَخَّرِ بَيْنَ السَّمَاءِ وَالْأَرْضِ لَآيَاتٍ لِقَوْمٍ يَعْقِلُونَ 164 ١٦٤

Albatta, osmonlaru yerning yaratilishida, kechayu kunduzning almashib turishida, odamlarga manfaatli narsalari ila dengizda yurib turgan kemada, Allohning osmondan suv tushirib, u bilan o`lgan yerni tiriltirishi va unda turli jondorlarni taratishida, shamollarni yo`naltirishida, osmonu yer orasidagi itoatgo`y bulutda aql yurituvchi qavmlar uchun belgilar bor. (164)

Tafsir
Yeru osmonlarning yaratilishida, ular orasidagi ajoyibotlarda, kecha va kunduzning tinimsiz almashinib turishida, dengizlarda odamlarga kerakli oziq-ovqat, kiyim-kechak va boshqa narsalarni tashib yuradigan kemalarda, Alloh osmondan yomgʻir yogʻdirib, oʻlik yerga jon baxsh etgani, yaylovlaru oʻtloqlarning hosil boʻlishi va turli jonivorlarning paydo boʻlishida, shamolning hali u tomonga, hali bu tomonga esishida, samo bilan zamin orasida boʻysundirib qoʻyilgan bulutning suzib yurishida aqlini ishlata biladigan, hujjat nimaligini anglay oladigan odamlar uchun har qanday nuqsondan pok Allohning yakka-yagona ekaniga dalolat qiluvchi oyat-alomatlar bor.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin