Sura Al-Baqarah (Sigir — البقرة) (Oyat 165)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




2 Al-Baqarah(البقرة), Oyat 165

وَمِنَ النَّاسِ مَنْ يَتَّخِذُ مِنْ دُونِ اللَّهِ أَنْدَادًا يُحِبُّونَهُمْ كَحُبِّ اللَّهِ ۖ وَالَّذِينَ آمَنُوا أَشَدُّ حُبًّا لِلَّهِ ۗ وَلَوْ يَرَى الَّذِينَ ظَلَمُوا إِذْ يَرَوْنَ الْعَذَابَ أَنَّ الْقُوَّةَ لِلَّهِ جَمِيعًا وَأَنَّ اللَّهَ شَدِيدُ الْعَذَابِ 165 ١٦٥

Odamlar ichida Allohdan o`zga tengdoshlarni tutadiganlar va ularni Allohni sevgandek sevadiganlar bor. Iymon keltirganlarning Allohga muhabbatlari qattiqdir. Zulm qilganlar azobni ko`rgan chog`larida, albatta, barcha quvvat Allohga xosligini va, albatta, Allohning azobi shiddatli ekanini bilsalar edi! (165)

Tafsir
Shuncha oyat-alomatlarga qaramasdan, ayrim odamlar Allohdan boshqalarni ham oʻzlariga iloh qilib oladilar. Ularni xuddi Allohni yaxshi koʻrgandek yaxshi koʻradilar. Moʻminlar esa Allohni ular mabudalarini yaxshi koʻrganidan koʻra koʻproq yaxshi koʻradilar. Chunki moʻminlar Allohni xursandligu xafalikda yaxshi koʻrsalar, ular mabudalarini faqat xursandlikda yaxshi koʻradilar. Biron qaygʻuga botganlarida esa oʻsha mabudalarini qoʻyib, yolgʻiz Allohgagina duo-tazarru qila boshlaydilar. Ular bu qilgan gunohlari va shirklari tufayli oxiratda hollari nima kechishini bilganlarida edi, hamma quvvat Allohniki ekanini va osiylarga nisbatan Allohning azobi juda qattiq ekanini bilgan va shirk keltirmagan boʻlardilar.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin