Sura Al-Baqarah (Sigir — البقرة) (Oyat 185)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




2 Al-Baqarah(البقرة), Oyat 185

شَهْرُ رَمَضَانَ الَّذِي أُنْزِلَ فِيهِ الْقُرْآنُ هُدًى لِلنَّاسِ وَبَيِّنَاتٍ مِنَ الْهُدَىٰ وَالْفُرْقَانِ ۚ فَمَنْ شَهِدَ مِنْكُمُ الشَّهْرَ فَلْيَصُمْهُ ۖ وَمَنْ كَانَ مَرِيضًا أَوْ عَلَىٰ سَفَرٍ فَعِدَّةٌ مِنْ أَيَّامٍ أُخَرَ ۗ يُرِيدُ اللَّهُ بِكُمُ الْيُسْرَ وَلَا يُرِيدُ بِكُمُ الْعُسْرَ وَلِتُكْمِلُوا الْعِدَّةَ وَلِتُكَبِّرُوا اللَّهَ عَلَىٰ مَا هَدَاكُمْ وَلَعَلَّكُمْ تَشْكُرُونَ 185 ١٨٥

Ramazon oyiki, unda odamlarga hidoyat hamda hidoyatu furqondan iborat ochiq bayonotlar bo`lib Qur'on tushirilgandir. Sizdan kim u oyda hozir bo`lsa, ro`zasini tutsin. Kim bemor yoki safarda bo`lsa, bas, sanog`ini boshqa kunlardan tutadir. Alloh sizlarga yengillikni xohlaydi va sizlarga qiyinlikni xohlamas. Sanog`ini mukammal qilishingiz va sizni hidoyatga boshlagan Allohni ulug`lashingiz uchun. Shoyadki, shukr qilsalaringiz. (185)

Tafsir
Paygʻambar alayhissalomga Quron ramazon oyining qadr kechasida nozil boʻla boshlagan. Alloh uni odamlarga hidoyat qilib nozil qildi. Unda hidoyat va haq bilan nohaqni ajratadigan furqondan iborat boʻlgan ochiq hujjatlar bor. Endi kim sogʻ-salomat ramazon oyiga yetib kelsa va muqim (oʻz yurtida) boʻlsa, roʻzasini tutsin. Shunday qilishi vojib, farz. Kim roʻza tutishga qiynaladigan kasal yo musofir boʻlsa, ogʻzini ochaversin. Keyinroq necha kun roʻzasini qoldirgan boʻlsa, oʻshancha kun qazosini tutib beradi. Alloh Oʻzining bu shariati bilan sizlarga ogʻirlik emas, yengillik boʻlishini istaydi. Ramazaon oyida toʻla roʻza tutinglar. Keyingi oyga oʻtib hayit kunida sizlarni roʻza tutishga muvaffaq aylagan Allohga takbir aytinglar. Shoyad shunda oʻzinglarga ato etilgan Islom dinidek ulugʻ nemat uchun Allohga shukr qilsangizlar.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin