Sura Al-Baqarah (Sigir — البقرة) (Oyat 187)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




2 Al-Baqarah(البقرة), Oyat 187

أُحِلَّ لَكُمْ لَيْلَةَ الصِّيَامِ الرَّفَثُ إِلَىٰ نِسَائِكُمْ ۚ هُنَّ لِبَاسٌ لَكُمْ وَأَنْتُمْ لِبَاسٌ لَهُنَّ ۗ عَلِمَ اللَّهُ أَنَّكُمْ كُنْتُمْ تَخْتَانُونَ أَنْفُسَكُمْ فَتَابَ عَلَيْكُمْ وَعَفَا عَنْكُمْ ۖ فَالْآنَ بَاشِرُوهُنَّ وَابْتَغُوا مَا كَتَبَ اللَّهُ لَكُمْ ۚ وَكُلُوا وَاشْرَبُوا حَتَّىٰ يَتَبَيَّنَ لَكُمُ الْخَيْطُ الْأَبْيَضُ مِنَ الْخَيْطِ الْأَسْوَدِ مِنَ الْفَجْرِ ۖ ثُمَّ أَتِمُّوا الصِّيَامَ إِلَى اللَّيْلِ ۚ وَلَا تُبَاشِرُوهُنَّ وَأَنْتُمْ عَاكِفُونَ فِي الْمَسَاجِدِ ۗ تِلْكَ حُدُودُ اللَّهِ فَلَا تَقْرَبُوهَا ۗ كَذَٰلِكَ يُبَيِّنُ اللَّهُ آيَاتِهِ لِلنَّاسِ لَعَلَّهُمْ يَتَّقُونَ 187 ١٨٧

Sizlarga ro`za kechasida xotinlaringizga yaqinlik qilish halol qilindi. Ular sizga libosdir, siz ularga libosdirsiz. Alloh sizning o`zingizga xiyonat qilayotganingizni bildi, tavbangizni qabul etdi va sizlarni afv etdi. Endi ularga yaqinlashavering va Alloh sizga yozgan narsani talab qiling. Tong paytida oq ip qora ipdan ajraguncha yeb-ichavering. So`ngra, ro`zani kechasigacha batamom qiling. Masjidlarda, e'tikofdaligingizda ularga yaqinlik qilmang. Bular Allohning chegaralaridir, unga yaqinlashmang. Alloh odamlarga O`z oyatlarini shundoq bayon etadir. Shoyadki, taqvo qilsalar. (187)

Tafsir
Dastlab Ramazon kechalarida yarim tunda bomdoddan oldin uygʻongan odamga ovqatlanish va ayoliga yaqinlik qilish harom boʻlgan. Keyin Alloh bu hukmni nasx-bekor qildi. Mana endi ey moʻminlar, Ramazon kechalarida ham ayolingizga yaqinlik qilishingiz mumkin. Zero, gunohdan-zinodan saqlanish borasida bir-biringizga muhtojsiz hamda ayollaringiz sizlarga, sizlar esa ayollaringizga parda-himoyadirsizlar. Alloh sizlarning taqiqlangan ishni qilib, oʻzingizga oʻzingiz xiyonat qilayotganingizni bildi va sizlarni kechirib, sizlarga rahm qilib, shu yengilliki ato etdi. Mana endi ular bilan qoʻshilishinglar va Alloh berganicha zurriyot qoldirishga harakat qilishinglar mumkin. To subhi sodiq boʻlib, kun yorugʻligi tun qorongʻuligidan ajrab qolguniga qadar yeb-ichaveringlar. Keyin to kun botguniga qadar roʻzani buzadigan ishlardan tiyilinglar. Masjidlarda etikof oʻtirgan paytinglarda ayolinglarga yaqinlik qilmanglar. Chunki bu ish etikofni buzadigan amaldir. Bu hukmlar Alloh halol bilan harom orasiga oʻrnatib qoʻygan hududlardirki, ularga yaqinlasha koʻrmanglar. Negaki, ularga yaqinlashgan odam harom chohiga tushib ketishi hech gap emas! Alloh insonlarga Oʻzining oyatlarini mana shunday ochiq-ravshan tarzda bayon qiladi. Shoyad ular taqvo qilib, Allohning buyruqlarini bajarsalar va taqiqlaridan tiyilsalar.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin