Sura Al-Baqarah (Sigir — البقرة) (Oyat 188)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




2 Al-Baqarah(البقرة), Oyat 188

وَلَا تَأْكُلُوا أَمْوَالَكُمْ بَيْنَكُمْ بِالْبَاطِلِ وَتُدْلُوا بِهَا إِلَى الْحُكَّامِ لِتَأْكُلُوا فَرِيقًا مِنْ أَمْوَالِ النَّاسِ بِالْإِثْمِ وَأَنْتُمْ تَعْلَمُونَ 188 ١٨٨

Bir-birlaringizning mollaringizni botil yo`l bilan yemang. Bilib turib odamlarning mollaridan bir qismini yeyishingiz uchun hokimlarga gunohkorona tashlamang. (188)

Tafsir
Bir-biringlarning mollaringni oʻgʻirlik, bosqinchilik va tovlamachilik kabi jinoyat yoʻli bilan oʻzlashtirmanglar. Gunohligini, haromligini bila turib, bir toifa odamlarning mollarini tortib olish maqsadida qozi oldida davolashmanglar. Haromligini bila turib, bir gunohga qadam bosish borib turgan qabohatdir va uning jazosi-azobi ham juda qattiq boʻladi.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin