Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.
Allohni sanoqli kunlarda eslang. Bas, kim ikki kundan keyin shoshilib, ketsa, unga gunoh yo`q. Kim kechikib qolsa, unga gunoh yo`q. Taqvo qiluvchilar uchun. Allohga taqvo qilinglar va bilinglarki, siz albatta Unga to`planursiz. (203)
Tafsir
Allohni takbir, tahlil bilan sanoqli kunlarda, zul-hijjaning oʻn birinchi, oʻn ikkinchi va oʻn uchinchi kunlari eslanglar. Kim shoshilib, tosh otgandan keyin Minodan oʻn ikkinchi kuni chiqib ketsa, hechqisi yoʻq, unga gunoh boʻlmaydi. Chunki Alloh unga bu yengillikni bergan. Kim oʻn uchinchi zul-hijjagacha qolsa va keyin tosh otsa, unga ham gunoh yoʻq, ibodatni toʻlaroq qilib, Paygʻambar alayhissalomning sunnatlariga ergashgan boʻladi. Bularning hammasi hajini taqvo bilan Alloh buyurganidek qilgan kishilar uchundir. Allohning buyruqlarini bajarish va taqiqlaridan tiyilish bilan U Zotdan taqvo qilinglar va shuni aniq bilinglarki, hammanglar yolgʻiz Oʻsha Zotning huzurida toʻplanasizlar. Keyin amallaringga yarasha jazo yoki mukofotinglarni beradi.
Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin
📖 Siz izlayotgan bo‘lishi mumkin bo‘lgan o‘xshash sura nomlari: