Sura Al-Baqarah (Sigir — البقرة) (Oyat 217)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




2 Al-Baqarah(البقرة), Oyat 217

يَسْأَلُونَكَ عَنِ الشَّهْرِ الْحَرَامِ قِتَالٍ فِيهِ ۖ قُلْ قِتَالٌ فِيهِ كَبِيرٌ ۖ وَصَدٌّ عَنْ سَبِيلِ اللَّهِ وَكُفْرٌ بِهِ وَالْمَسْجِدِ الْحَرَامِ وَإِخْرَاجُ أَهْلِهِ مِنْهُ أَكْبَرُ عِنْدَ اللَّهِ ۚ وَالْفِتْنَةُ أَكْبَرُ مِنَ الْقَتْلِ ۗ وَلَا يَزَالُونَ يُقَاتِلُونَكُمْ حَتَّىٰ يَرُدُّوكُمْ عَنْ دِينِكُمْ إِنِ اسْتَطَاعُوا ۚ وَمَنْ يَرْتَدِدْ مِنْكُمْ عَنْ دِينِهِ فَيَمُتْ وَهُوَ كَافِرٌ فَأُولَٰئِكَ حَبِطَتْ أَعْمَالُهُمْ فِي الدُّنْيَا وَالْآخِرَةِ ۖ وَأُولَٰئِكَ أَصْحَابُ النَّارِ ۖ هُمْ فِيهَا خَالِدُونَ 217 ٢١٧

Sendan harom oyda urush qilish haqida so`rarlar. «Unda urush qilish katta gunoh. Allohning yo`lidan to`sish, Unga kufr keltirish, Masjidul Haromdan to`sish, uning ahlini undan chiqarish Allohning huzurida eng katta gunohdir. Fitna o`ldirishdan kattaroqdir», deb ayt. Ular, agar qodir bo`lsalar, sizlarni diningizdan qaytargunlaricha sizga qarshi urush qilaveradilar. Sizdan kimki dindan qaytib, kofir holida o`lib ketsa, ana o`shalar bu dunyoyu oxiratda amali habata bo`lganlardir. Ana o`shalar do`zax egalaridir. Ular unda abadiy qolguvchilardir. (217)

Tafsir
Ey Paygʻambar alayhissalom, odamlar sizdan urush harom qilingan oylar - Zul-qada, Zul-hijja, Muharram va Rajab oylarida jang qilish haqida soʻraydilar. Aytingki, bu oylarda jang qilish Allohning nazdida katta gunohdir va manfur bir ishdir. Mushriklarning Allohning yoʻlidan toʻsishlari ham xuddi shunday manfurdir. Moʻminlarni Masjidul-Haromga qoʻymaslik va Haram ahlini undan chiqarib yuborish Allohning nazdida mazkur oylarda jang qilishdan ham kattaroq gunohdir. Ular keltirayotgan shirk odam oʻldirishdan ham kattaroq jinoyat. Ey moʻminlar, mushriklar to sizlarni haq diningizdan chiqarib, oʻzlarining botil dinlariga kiritmagunlaricha jang qilaveradilar. Agar shunga yoʻl topishning ilojini qila olsalar, albatta. Endi qaysi biringlar dinidan chiqib, Allohga kufr keltirgan holda oʻlsa, uning qilgan hamma solih amallari habata ketadi. Oxiratdagi borar joyi esa doʻzax va unda abadiy qolishdir.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin