Sura Al-Baqarah (Sigir — البقرة) (Oyat 221)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




2 Al-Baqarah(البقرة), Oyat 221

وَلَا تَنْكِحُوا الْمُشْرِكَاتِ حَتَّىٰ يُؤْمِنَّ ۚ وَلَأَمَةٌ مُؤْمِنَةٌ خَيْرٌ مِنْ مُشْرِكَةٍ وَلَوْ أَعْجَبَتْكُمْ ۗ وَلَا تُنْكِحُوا الْمُشْرِكِينَ حَتَّىٰ يُؤْمِنُوا ۚ وَلَعَبْدٌ مُؤْمِنٌ خَيْرٌ مِنْ مُشْرِكٍ وَلَوْ أَعْجَبَكُمْ ۗ أُولَٰئِكَ يَدْعُونَ إِلَى النَّارِ ۖ وَاللَّهُ يَدْعُو إِلَى الْجَنَّةِ وَالْمَغْفِرَةِ بِإِذْنِهِ ۖ وَيُبَيِّنُ آيَاتِهِ لِلنَّاسِ لَعَلَّهُمْ يَتَذَكَّرُونَ 221 ٢٢١

Mushrika ayollarni iymon keltirmagunlaricha nikohingizga olmang. Shubhasiz, mo`mina cho`ri mushrikadan, gar u sizga yoqsa ham, yaxshidir. Va mushriklar iymonga kelmagunlaricha, ularga nikohlab bermang. Shubhasiz, mo`min qul mushrikdan, gar u sizga yoqsa ham, yaxshidir. Anavilar do`zax o`tiga chaqirarlar. Alloh esa, O`z izni ila jannatga va mag`firatga chaqirar hamda odamlarga O`z oyatlarini bayon qiladir. Shoyadki, esga olsalar. (221)

Tafsir
Ey moʻminlar, mushrikalarga to Allohning yagonaligiga iymon keltirib, Islom diniga kirmagunlaricha uylanmanglar. Allohga va rasuliga iymon keltirgan choʻri ayol butlarga ibodat qiladigan hur ayoldan yaxshiroqdir. Garchi uning husni va boyligi sizlarni oʻziga tortayotgan boʻlsa-da. Muslimalarni mushrik erkaklarga nikohlab bermanglar. Alloh va rasuliga iymon keltirgan qul ozod mushrikdan yaxshiroqdir. Garchi uning oʻziga jalb qiladigan fazilatlari boʻlsa-da. Erkak boʻlsin, ayol boʻlsin, mushriklik sifatiga ega boʻlganlar oʻzlarining gap-soʻzlari va amallari bilan doʻzaxga olib boradigan ishlarga chaqiradilar. Alloh esa Oʻz fazlu marhamati ila jannatga va gunohlarning kechirilishiga olib boradigan ishlarga chorlaydi. Alloh oʻzining oyatlarini mana shunday bayon qiladi. Shoyadki, odamlar ibratlanib, ulardagi koʻrsatmalarga amal qilsalar.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin