Sura Al-Baqarah (Sigir — البقرة) (Oyat 222)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




2 Al-Baqarah(البقرة), Oyat 222

وَيَسْأَلُونَكَ عَنِ الْمَحِيضِ ۖ قُلْ هُوَ أَذًى فَاعْتَزِلُوا النِّسَاءَ فِي الْمَحِيضِ ۖ وَلَا تَقْرَبُوهُنَّ حَتَّىٰ يَطْهُرْنَ ۖ فَإِذَا تَطَهَّرْنَ فَأْتُوهُنَّ مِنْ حَيْثُ أَمَرَكُمُ اللَّهُ ۚ إِنَّ اللَّهَ يُحِبُّ التَّوَّابِينَ وَيُحِبُّ الْمُتَطَهِّرِينَ 222 ٢٢٢

Sendan hayz haqida so`rarlar. Sen: «U ko`ngilsiz narsadir. Hayz chog`ida ayollardan chetda bo`ling. Ularga pok bo`lmagunlaricha yaqinlashmanglar. Agar pok bo`lsalar, ularga Alloh amr qilgan joydan keling. Albatta, Alloh tavba qiluvchilarni sevadi va poklanuvchilarni sevadir», deb ayt. (222)

Tafsir
Ey Paygʻambar alayhissalom, sahobalaringiz sizdan hayz - ayol kishidan muayyan vaqtlarda keladigan qon haqida soʻraydilar. Aytingki, hayz erkak uchun ham, ayol uchun ham koʻngilsiz-nopok narsadir. Hayz paytida ayollar bilan yaqinlik qilmanglar. To qon toʻxtamagunicha va gʻusl bilan poklanmagunicha qoʻshilmanglar. Qon toʻxtab, poklanganlaridan keyin ular bilan ruxsat etilgan jihatdan - old tarafidan yaqinlik qilinglar. Alloh koʻp-koʻp tavba qiluvchilarni va nopok narsalardan oʻzini oʻta ozoda tutadiganlarni yaxshi koʻradi.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin