Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.
Taloq ikki martadir. So`ngra, yaxshilikcha ushlab qolish yoki yaxshilikcha qo`yib yuborish. Sizga ularga bergan narsangizdan biror narsani olish halol bo`lmas, magar ikkovlari Allohning chegaralarida tura olmaslikdan qo`rqsalar (bo`lur). Bas, agar ikkovlarining Allohning chegaralarida tura olmasligidan qo`rqsangiz, xotin bergan evazda ikkovlariga gunoh yo`qdir. Ushbular Allohning chegaralaridir. Bas, ulardan tajovuz qilmang. Va kim Allohning chegaralaridan tajovuz qilsa, bas, o`shalar, ana o`shalar zolimlardir. (229)
Tafsir
Er ikki marta taloq qilib, keyin qayta yarashishga haqqi bor. Taloq qildi, yarashdi. Yana taloq qildi, yana yarashdi. Tamom. Uchinchi marta taloq qilganidan keyin qayta yarashishga haqqi yoʻq. Shuning uchun ikki marta taloq qilganidan keyin yo yaxshilik bilan yashab ketsin va yo yaxshilik bilan, yani, ayolning haqlarini berib ajrashsin. Ey erlar, ajrashar ekansizlar, ayollaringizga bergan mahrdan bir tiyinini ham qaytarib olishga haqqingiz yoʻq. Lekin agar ayolning oʻzi erining siyrati yoki suratini yoqtirmasa va shu tufayli er-xotin bir-birlarining haq-huquqlarini ado etolmay qolsalar, u holda biron qarindoshi yoki yaqin odamiga arz qiladilar va u bu ishni koʻrib chiqadi. Ishni hal qiladiganlar, er-xotin bir-birlarining haq-huquqlarini ado eta olmaydilar, degan xulosaga kelsalar, taloq evaziga ayoldan erga biron toʻlov toʻlatib, ularni yaxshilik bilan ajrashtirib qoʻyishlari mumkin. Bu shariy hukmlar halol bilan haromni ajratib turadigan hududlardir. Kim Allohning hududlaridan oshsa, oʻziga oʻzi zulm qiladi. Chunki u bu ishi bilan oʻzini oʻzi halokatga otgan hamda Allohning gʻazabi va azobiga giriftor qilgan boʻladi.
Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin
📖 Siz izlayotgan bo‘lishi mumkin bo‘lgan o‘xshash sura nomlari: