Sura Al-Baqarah (Sigir — البقرة) (Oyat 232)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




2 Al-Baqarah(البقرة), Oyat 232

وَإِذَا طَلَّقْتُمُ النِّسَاءَ فَبَلَغْنَ أَجَلَهُنَّ فَلَا تَعْضُلُوهُنَّ أَنْ يَنْكِحْنَ أَزْوَاجَهُنَّ إِذَا تَرَاضَوْا بَيْنَهُمْ بِالْمَعْرُوفِ ۗ ذَٰلِكَ يُوعَظُ بِهِ مَنْ كَانَ مِنْكُمْ يُؤْمِنُ بِاللَّهِ وَالْيَوْمِ الْآخِرِ ۗ ذَٰلِكُمْ أَزْكَىٰ لَكُمْ وَأَطْهَرُ ۗ وَاللَّهُ يَعْلَمُ وَأَنْتُمْ لَا تَعْلَمُونَ 232 ٢٣٢

Xotinlarni taloq qilganingizda, muddatlari oxiriga yetganda, yaxshilik bilan o`zaro rizolashing, erlariga qayta nikohlanishlarini man qilib, qiyinlashtirmang. Ushbu ila sizlardan Allohga va oxirat kuniga iymon keltirganlar va'zlanadi. Shundoq qilishingiz siz uchun tozaroq va pokroqdir. Va Alloh biladir, siz esa bilmassiz. (232)

Tafsir
Birinchi va ikkinchi taloqdan keyin iddasi chiqsa va oldingi eri bilan yaxshi yashab ketishga kelishib, yangi nikoh bilan qayta yarashishni istasa, valiylari unga toʻsqinlik qilmasinlar. Bu hukm Allohga va oxirat kuniga iymon keltirganlar uchun eslatmadir. U ezgulikni kuchaytiradigan, obroʻlaringizni ham, amallaringizni ham pokiza tutishga undaydigan hukmdir. Ishlarning mohiyatini ham, oqibatlarini ham Alloh biladi, sizlar esa bilmaysizlar.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin