Sura Al-Baqarah (Sigir — البقرة) (Oyat 246)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




2 Al-Baqarah(البقرة), Oyat 246

أَلَمْ تَرَ إِلَى الْمَلَإِ مِنْ بَنِي إِسْرَائِيلَ مِنْ بَعْدِ مُوسَىٰ إِذْ قَالُوا لِنَبِيٍّ لَهُمُ ابْعَثْ لَنَا مَلِكًا نُقَاتِلْ فِي سَبِيلِ اللَّهِ ۖ قَالَ هَلْ عَسَيْتُمْ إِنْ كُتِبَ عَلَيْكُمُ الْقِتَالُ أَلَّا تُقَاتِلُوا ۖ قَالُوا وَمَا لَنَا أَلَّا نُقَاتِلَ فِي سَبِيلِ اللَّهِ وَقَدْ أُخْرِجْنَا مِنْ دِيَارِنَا وَأَبْنَائِنَا ۖ فَلَمَّا كُتِبَ عَلَيْهِمُ الْقِتَالُ تَوَلَّوْا إِلَّا قَلِيلًا مِنْهُمْ ۗ وَاللَّهُ عَلِيمٌ بِالظَّالِمِينَ 246 ٢٤٦

Musodan keyingi Bani Isroildan bo`lgan a'yonlarni bilmadingmi?! Vaqtiki o`z Nabiylariga: «Bizga bir podshoh tayin qilgin, Allohning yo`lida urush qilaylik», – dedilar. U: «Agar sizlarga urush farz qilinsa, urushmasalaringizchi?!» – dedi. Ular: «Bizga nima bo`libdiki, diyorimizdan va farzandlarimizdan judo qilinsak ham, Allohning yo`lida urushmasak», – dedilar. Urush farz qilinganda esa, ozginalaridan boshqalari yuz o`girib ketdilar. Va Alloh zulm qiluvchilarni biluvchidir. (246)

Tafsir
Ey Paygʻambar alayhissalom, Bani Isroilning Muso alayhissalomdan keyingi ulugʻlari haqidagi xabardan voqif emasmisiz? Ular oʻz paygʻambariga: “Bizga bir podshoh tayinlagin, Alloh yoʻlida jang qilaylik”, deyishdi. Shunda paygʻambari: “Alloh sizlarga jang qilishni farz qilganidan keyin ehtimol urushmassizlar?”, dedi. Bu gapga etiroz bildirishib: “Alloh yoʻlida jang qilishimizga asoslar yetarli-ku! Bizni urushdan nima qaytarar ekan? Axir dushmanlarimiz vatanimizdan haydadilar, bolalarimizni asir oldilar. Endi vatanimizni qaytarib olish va asirlarimizni ozod qilish uchun jang qilamiz”, dedilar. Alloh ularga urushni farz qilganidan keyin esa vadalariga vafo qilmay, koʻpchiligi yuz oʻgirib ketdilar. Ahdini buzib, Allohning farmonidan yuz oʻgirgan zolimlarni Parvardigori olam koʻrib-bilib turibdi. Yaqinda ularga bu qilmishlariga yarasha jazosini beradi.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin