Sura Al-Baqarah (Sigir — البقرة) (Oyat 251)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




2 Al-Baqarah(البقرة), Oyat 251

فَهَزَمُوهُمْ بِإِذْنِ اللَّهِ وَقَتَلَ دَاوُودُ جَالُوتَ وَآتَاهُ اللَّهُ الْمُلْكَ وَالْحِكْمَةَ وَعَلَّمَهُ مِمَّا يَشَاءُ ۗ وَلَوْلَا دَفْعُ اللَّهِ النَّاسَ بَعْضَهُمْ بِبَعْضٍ لَفَسَدَتِ الْأَرْضُ وَلَٰكِنَّ اللَّهَ ذُو فَضْلٍ عَلَى الْعَالَمِينَ 251 ٢٥١

Bas, Allohning izni bilan ularni yengdilar va Dovud Jolutni qatl etdi. So`ngra, Alloh unga podshohlik va hikmatni berdi va xohlagan narsasini o`rgatdi. Agar Allohning ba'zi (odam)larni ba'zilariga daf' qilishi bo`lmasa edi, yer yuzi buzilardi. Lekin Alloh olamlar ustidan fazl egasidir. (251)

Tafsir
Allohning izni bilan ularni yengdilar. Dovud Jolutni oʻldirdi. Alloh unga podshohlik va paygʻambarlikni berdi hamda unga Oʻzi xohlagan ilmlaridan oʻrgatdi. Shu bilan unga dunyoni ham va oxiratni ham isloh qiladigan omillarni ato etdi. Odamlardan biri buzganini yana biri tuzib borishi haqidagi Allohning qonuniyati boʻlmaganida yer yuzi buzgʻunchilar qoʻlida qolib, xarobaga aylanardi. Lekin Alloh hamma maxluqotlariga fazlu karamli Zotdir.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin