Sura Al-Baqarah (Sigir — البقرة) (Oyat 260)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




2 Al-Baqarah(البقرة), Oyat 260

وَإِذْ قَالَ إِبْرَاهِيمُ رَبِّ أَرِنِي كَيْفَ تُحْيِي الْمَوْتَىٰ ۖ قَالَ أَوَلَمْ تُؤْمِنْ ۖ قَالَ بَلَىٰ وَلَٰكِنْ لِيَطْمَئِنَّ قَلْبِي ۖ قَالَ فَخُذْ أَرْبَعَةً مِنَ الطَّيْرِ فَصُرْهُنَّ إِلَيْكَ ثُمَّ اجْعَلْ عَلَىٰ كُلِّ جَبَلٍ مِنْهُنَّ جُزْءًا ثُمَّ ادْعُهُنَّ يَأْتِينَكَ سَعْيًا ۚ وَاعْلَمْ أَنَّ اللَّهَ عَزِيزٌ حَكِيمٌ 260 ٢٦٠

Esla, Ibrohim: «Ey Robbim, menga o`liklarni qanday tiriltirishingni ko`rsat», deganda, U Zot: «Ishonmadingmi?» – dedi. U: Ore, lekin qalbim xotirjam bo`lishi uchun», – dedi. U zot: «Qushdan to`rtta olgin-da, o`zingga tortib, kesib maydala, so`ngra, ulardan har bir toqqa bo`laklarini qo`ygin, keyin ularni o`zingga chaqir, huzuringga tezlab keladilar», – dedi. «Va bilginki, albatta, Alloh Aziyz va Hakiym Zotdir». (260)

Tafsir
Eslang, ey Paygʻambar alayhissalom, Ibrohim alayhissalom: "Parvardigoro, oʻliklarni qanday tiriltirishingni koʻrsat, oʻz koʻzim koʻray", deganida, Alloh: "Ishonmaganmiding?", dedi. Ibrohim: "Ishongandim, lekin qalbim yana ham taskin topishi uchun", dedi. Shunda Alloh unga dedi: "Toʻrtta qushni olgin-da, ularni maydalab tashla, keyin atrofdagi togʻlarga boʻlaklarini sochib yubor, undan keyin ularni oʻzingga chaqir, hammasi oldingga darhol yetib keladilar. Bilgilki, ey Ibrohim, Alloh Oʻz mulkida gʻolib, Aziz hamda har bir ishini, hukmini va yaratishini hikmat bilan qiladigan Zotdir".

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin